Chorrahalardan o'tish
Tekshirish tartibi
Har qanday chorrahada savolni shu tartibda yeching:
- Tartibga soluvchi bormi? Bo'lsa — faqat uning ishorasiga qarang.
- Svetofor ishlayaptimi? Bo'lsa — svetoforga amal qiling.
- Imtiyoz belgilari bormi? Asosiy yo'ldagilar birinchi o'tadi.
- Hech narsa yo'q — teng ahamiyatli yo'llar: o'ngdan kelayotganga yo'l bering. Tramvay esa yo'nalishidan qat'i nazar ustun.
Chapga burilish
Chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi tomondan to'g'riga va o'ngga kelayotganlarga yo'l berasiz.
Muhim tafsilotlar
- Asfalt yo'l tuproq yo'lga nisbatan asosiy hisoblanadi.
- Asosiy yo'l chorrahada burilsa, unda kelayotganlar o'zaro o'ng tomon qoidasiga amal qiladi.
- Chorrahadan keyin tirbandlik bo'lsa, yashil yonsa ham chorrahaga kirmang.
- Yashil yonganda ham o'tishni tugatayotgan piyodalarga yo'l bering.